Ekspertlik nazorati va tekshirishning barcha bosqichlarida va tarozilar montaji 3 asosiy mezonlari bilan muvofiqligini ta'minlash:
Modullar va minimal buklanish orasidagi moslashuvchan munosabati hisobigaog’irlikning barobar taqsimlanishi. Avtomashinaning platformadagi (“ko’rsatkichlarning burchaklarga tarqatilishi”) holatiga qarab tarozilar ko’rsatkichlarining minimal darajadagi tarqatilishi.
Modulli ramali qurilma 130% li qo’shimcha mustahkamlikka ega to’sin-tog’orali qurilma asosida yasalgan. Eng keskin muhitda muammosiz ishlashiga kafolat beramiz.
Etakchi ishlab chiqaruvchilarining komponentlaridan foydalanish (ZEMIC.AQSH.Inc., HBM (Germaniya), Rinstrum (Avstraliya)) va zavodlik ikki qatlamli bo'yoq ekstremal dasturlar va harorat (+65 C -30 ) da maksimal uzoq vaqtda ishlatilishini ta'minlaydi.
Biz sizga taklif etayotgan har bir mahsulot birligi sifati uchun javob beramiz.
Barcha mahsulotlar sifat guvohnomalariga ega.
Zamonaviy biznesda, u qanday turdagi biznes bo’lmasin, o’lchash uchun uskunalar – doimo kerak.
Tarozi – bu tovarlarni va yuklarni o’lchash uchun mo’ljallangan uskunadir. Ish jarayonidagi qulaylik va ko’rsatkichlar aniqligi ularning texnik parametrlariga bog’liq. Sizning tashkilotingiz uchun individual ravishda tarozini tanlashda, uning qo’llanilish sohasi va boshqa parametrlarni inobatga olgan holda bizning mutaxassislarimiz yordam berishadi.
Tarozilar ichida eng taniqlisi – electron tarozilardir. Ular ko’p funksiyali, amaliyotda va foydalanishda qulay. Elektron tarozi modeliga qarab turli muhitlarda ishlatiladi va turli texnik xususiyatlarga ega bo'ladi: chegara belgilari, ilovalar, texnologik xususiyatlari.
Elektron tarozilarni qayerda xarid qilsa bo’ladi?
Bizning tashkilotimizda elektron tarozilar modellarining keng doiradagi ro’yxati taqdim etilgan.. Bu yerda elektron tarozilarni xarid qilish siz tarozilarni eng qulay sharoitlarda sotib olishingiz mumkin.
«Tarozi Klass» tashkiloti – o’z sohasida yetakchi.
Bizning mijozlarimiz orasida turli soha faoliyatidagi yirik fabrika va zavodlar mavjud, va ular doimiy asosda hamkorlikni tanlagan holda biz bilan ish olib borishadi, ya’ni – bizga, so’zsiz ishonishadi.
Bizning tashkilotimiz – distribyutsiya, ishlab chiqarishda, elektron tarozilar, o’lchash texnikasi va uning tashkiliy qismlariga xizmat ko’rsatishda yetakchi. Biz butun O’zbekiston bo’ylab keng tarqalgan dilerlik tarmog’iga suyanamiz.
Фото: Sotish/Ta’mirlash/Tekshirish/Kalibrovka/O’rnatish
Barcha turdagi tarozilar!
O’zbekistonda tarozilarni sotish
Tarozi xarid qilmoqchi bo’lgan tashkilotingizda nafaqat narxlar oralig’iga, balki tovar va xizmatlar sifatiga ham e’tibor bering. Bizning tashkilotimiz O’zbekistonda tarozilarni sotish bilan 7 yil shug'ullanmoqda, va bunda biz yetakchi jahon ishlab chiqaruvchilaridan keng doiradagi sotiladigan mahsulotlar, a’lo darajadagi servis va keng doiradagi qo’shimcha xizmatlarni taklif etamiz.
Biz taklif qilmoqchi bo’lgan tarozilardan, eng ommaboplarini ajratib o’tamiz: avtomobilli, platformali, omborxonali, savdo tarozilari, yerusti tarozilari, tenzodatchiklar va boshqa tarkibiy qismlar.
Biz nafaqat tarozilarni sotamiz, balki kalit osti samarali yechimlarni taklif etamiz: loyihalashtirish, yetkazib berish, o’rnatish va montaj, moslashtirib berish va kerakli paytda servisli xizmat ko’rsatish.
O’z malakamiz va bilimimizga suyangan holda, biz keng doiradagi sohalarda - aniq o’lchashdan og’ir sanoat tizimlarigacha bo’lgan, o’lchash va markirovka sohasidagi xohlagan yechimlarni taqdim qilishga tayyormiz.